Qarz oluvchining hayotini sug‘urta qilish

Qarz oluvchining hayotini sug‘urta qilish – bu Sizning xotirjamligingiz kafolati bo‘lib, bunda bankdan kredit olayotganingizda agar kutilmagan holat yuz bersa, kreditni so‘ndirishga doir majburiyatlar yaqinlaringizga emas, balki Sug‘urta kompaniyasi zimmasiga yuklanadi.
Mahsulot shartlariSug‘urta mukofoti Mijozning yoshidan va sug‘urta davridan kelib chiqib hisoblanadi hamda Mijoz tomonidan bir yo‘la to‘lanadi. Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urta to‘lovining miqdori Mijozning asosiy qarzi bo‘yicha qarzdorlik summasiga teng bo‘lgan holda belgilanadi va eng qisqa muddat ichida to‘lab beriladi.
Siz kredit muddatini, qoplanadigan tavakkalchiliklarni, badallarning maqbul miqdori va davriyligini belgilab berasiz.
Shaxsiy ko‘rsatkichlarga muvofiq muntazam badallarni to‘laysiz.
Shartnoma amal qilishining jami davri mobaynida Sizning hayotingiz va sog‘lig‘ingiz sug‘urta qilingan bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomasining davri Kredit shartnomasi amal qilishi davri bilan bir xil bo‘lishi kerak.
Sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha sug‘urta davri mobaynida Sug‘urta qilingan shaxsning mehnatga layoqatligini yo‘qotishi (I guruh nogironligi) va o‘limi sug‘urta hodisasidir.