New Life sug'urta kompaniyasi haqida
Bu faqat sug‘urta kompaniyasi emas
«NEW LIFE sug‘urta kompaniyasi» AJ – bu O‘zbekiston sug‘urta xizmatlari bozorida jo‘shqin rivojlanayotgan kompaniya bo‘lib, unga 2014 yil may oyida asos solingan.
«NEW LIFE sug‘urta kompaniyasi» ning asosiy maqsadi hayot sifatini yaxshilash, aholi va korxonalarning moliyaviy manfaatlarini yuqori professional darajada sug‘urta himoyalashni ta’minlashdan iborat.
Servis darajasi, xizmatlar sifati va maqbul narxlar bilan birgalikda potensial sug‘urta qildiruvchilarning sug‘urta qoplamalarini jamlashga doir talablariga javob beradigan sug‘urta dasturlarini shakllantirishda moslashuvchanlik «NEW LIFE sug‘urta kompaniyasi» AJ ning afzalligi bo‘lib hisoblanadi.

New Life sug'urta kompaniyasining asosiy ko'rsatkichlari
Ishonchlilikning eng yuqori darajasi
Minnatdor mijozlar
Kompaniyaning ustav kapitali
Kompaniyaning maqsadi:
«NEW LIFE sug‘urta kompaniyasi» AJ ning ustav kapitali 35,9 mlrd so‘mni tashkil etadi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 25.01.2022 yildagi SF 00029-sonli litsenziyasi asosida hayot sug‘urtasi sohasining barcha to‘rtta klassi va Umumiy sug‘urta sohasining dastlabki ikki klassi uchun ixtiyoriy va majburiy sug‘urta bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Kompaniyaning missiyasi:
«NEW LIFE sug‘urta kompaniyasi» AJ hayot sug‘urtalsi sohasida katta amaliy tajribaga ega bo‘lib, o‘z oldiga buyuk maqsadlarni qo‘yadi va yuksak natijalarga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Kompaniyaning asosiy missiyasi – mijozlarning ijtimoiy ta’minoti va farovonligini yaxshilash, yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va mijozlar manfaatlariga imkon qadar mos kelish.
Amount of payments to clients of New Life Insurance
New Life sug'urta kompaniyasida kasbiy o'sish
Bo’sh ish o’rinlari, ariza qoldirish

«NEW LIFE sug‘urta kompaniyasi» AJ
ningustav kapitali 35,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining 25.10.2018 yildagi
SF 00233-sonli litsenziyasi asosida
o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Hayot sug'urtasining afzalliklari
Har qanday hayotiy vaziyatlarda mablag‘laringizning saqlanishi kafolati
Soliq imtiyozlari hisobiga daromadingizni ko‘paytirish
Shoshilinch vaziyatlarda badallar to‘lashdan ozod qilish
Jamg‘armalarni Siz tanlagan odamlarga berish
Polis vositalari uchinchi shaxslarning har qanday da’volaridan himoyalangan, ularni musodara qilish mumkin emas
