Baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish

Baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish – bu universal mahsulot bo‘lib, u baxtsiz hodisa natijasida yetkazilgan zararni tovon ko‘rinishida 24/7/365 rejimida qoplashni o‘z ichiga oladi.
Mahsulot shartlariSug‘urta mukofoti sug‘urta davridan kelib chiqqan holda hisoblanadi va Mijoz tomonidan bir yo‘la to‘lanadi. Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urta to‘lovi eng qisqa muddat ichida to‘lab beriladi.
Siz sug‘urta polisi amal qilishi muddatini tanlaysiz, Kompaniya bilan sug‘urta polisini tuzasiz.
Tuzilgan polisga muvofiq sug‘urta badalini to‘laysiz.
Polis amal qilishining jami davri mobaynida Sizning hayotingiz sug‘urta qilingan bo‘ladi.
Ushbu sug‘urta turi bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayonida yoki biror-bir sport turi bilan shug‘ullanganda olingan shikastlanishlar bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lanmaydi.
Polis yo‘qotilgan taqdirda, uning nusxasi yoki dublikatini olish uchun Kompaniyaning yaqin orada joylashgan istalgan ofisiga murojaat qilish zarur.