Yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish

Yuqumli kasalliklar holatiga sug‘urta dasturining afzalligi shundaki, u yuqumli kasallik tashxislanganda Sizga qulay bo‘lgan shartlarda, jumladan shaxsiy ehtiyojlaringizni inobatga olgan holda Siz va Sizning yaqinlaringiz uchun eng yuqori darajada moliyaviy himoya olishga imkon beradi.
Mahsulot shartlariSug‘urta mukofoti Mijozning yoshidan va sug‘urta davridan kelib chiqib hisoblanadi hamda Mijoz tomonidan bir yo‘la to‘lanadi. Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urta to‘lovining miqdori Mijozning kasalligiga bog‘liq ravishda Sug‘urta summasidan foizlar miqdorida hisoblanadi va eng qisqa muddat ichida to‘lab beriladi
Siz xohlagan summani, polisining amal qilishi muddatini belgilaysiz, Kompaniya bilan sug‘urta shartnomasini tuzasiz.
Tuzilgan shartnomaga muvofiq sug‘urta badalini to‘laysiz
Shartnoma amal qilishining jami davri mobaynida Sizning hayotingiz hayot sug‘urtasining tanlangan dasturiga ko‘ra yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilingan bo‘ladi.
Bolalar 1 yoshdan boshlab Sug‘urta qilingan shaxs bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta dasturi 16 ta yuqumli kasallik bo‘yicha kasallanish holatiga sug‘urta himoyasini ichiga oladi.