Xodimlar hayotini rentali sug‘urta qilish

Mazkur dastur – bu sug‘urta va investisiyalashni o‘z ichiga olgan moliyaviy mahsulot, ya’ni bir vaqtda inson hayotiga sug‘urta himoyasini, oylik daromadning sezilarli qismini saqlab qolgan holda pul mablag‘larini oshirish imkoniyatini nazarda tutadi, shuningdek Siz o‘zingizga munosib pensiyani ta’minlaysiz.
Mahsulot shartlariSug‘urta mukofoti Sug‘urta qildiruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadi. Sug‘urta rentasi eng qisqa muddat ichida qaytariladi. Shuningdek 60 yoshga to‘lganingizda tijorat pensiyasi ko‘rinishida jamg‘arma shakllanadi.
Siz xohlagan summani belgilaysiz, Kompaniya bilan sug‘urta shartnomasini tuzasiz.
Tuzilgan shartnomaga muvofiq sug‘urta badalini to‘laysiz. Shartnoma amal qilishining jami davri mobaynida Sizning hayotingiz hayotni rentali sug‘urta qilishning tanlangan dasturiga ko‘ra sug‘urta qilingan bo‘ladi.
Siz 60 yoshga to‘lganingizda ma’lum to‘plangan foizni tijorat pensiyasi ko‘rinishida olasiz.
Renta sug‘urtasida to‘lov har oyda amalga oshiriladi.
Sug‘urta shartnomasida to‘lov amalga oshirilmaydigan istisnolar mavjud.