Программа страхования

Yuqumli kasalliklardan jamoaviy sug‘urta qilish

Yuqumli kasalliklardan jamoaviy sug‘urta qilish

Yuqumli kasalliklardan jamoaviy sug‘urta qilish

Dastur haqida

Yuqumli kasalliklardan jamoaviy sug‘urta qilish

Yuqumli kasalliklar holatiga sug‘urta dasturining afzalligi shundaki, u yuqumli kasallik tashxislanganda Sizga qulay bo‘lgan shartlarda, jumladan shaxsiy ehtiyojlaringizni inobatga olgan holda Siz va Sizning yaqinlaringiz uchun eng yuqori darajada moliyaviy himoya olishga imkon beradi.

Mahsulot shartlari

Sug‘urta mukofoti Mijozning yoshidan va sug‘urta davridan kelib chiqib hisoblanadi hamda Mijoz tomonidan bir yo‘la to‘lanadi. Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urta to‘lovining miqdori Mijozning kasalligiga bog‘liq ravishda Sug‘urta summasidan foizlar miqdorida hisoblanadi va eng qisqa muddat ichida to‘lab beriladi.

Yuqumli kasalliklardan jamoaviy sug‘urta qilish New Life sug'urta kompaniyasi

Bu qanday ishlaydi?

1

Siz xohlagan summani yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish polisining amal qilishi muddatini belgilaysiz, Kompaniya bilan sug‘urta shartnomasini tuzasiz.

2

Tuzilgan shartnomaga muvofiq sug‘urta badalini to‘laysiz.

3

Shartnoma amal qilishining jami davri mobaynida Sizning hayotingiz hayot sug‘urtasining tanlangan dasturiga ko‘ra yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilingan bo‘ladi.

Polisning afzalliklari

Moliyaviy afzalliklar
  • Sug‘urtaning jami davri uchun moliyaviy himoya
  • Sug‘urta to‘lovlari soliqqa tortilmaydi
Nomoddiy manfaatlar
  • O‘z hayoti uchun ongli ravishda mas’uliyatni his qilish
  • Ertangi kunga ishonch
O‘lim holatiga sug‘urta himoyasi
  • Kasallik yuz berganida ma'lum foiz ko‘rinishida kafolatlangan to‘lov
  • Merosxo‘rlarga sug‘urta summasining 100% miqdorida kafolatlangan to‘lov.

Savollarga javoblar

Bolalar 1 yoshdan boshlab Sug‘urta qilingan shaxs bo‘lishi mumkin.

Sug‘urta dasturi 16 ta yuqumli kasallik bo‘yicha kasallanish holatiga sug‘urta himoyasini ichiga oladi.