New Life sug'urta kompaniyasi

New Life Insurance kompaniyasiga «uzA ++» eng yuqori ishonchlilik reytingi berildi

Zamonaviy olamda hayot sug‘urtasi anchadan buyon insonning himoya va xavfsizlikka bo‘lgan bazaviy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan zaruratga aylangan, bugungi kunga kelib esa u jamiyatimiz uchun yanada katta ahamiyat va omilga ega ijtimoiy voqealikni aks ettiradi. Har bir inson oilaning moliyaviy barqarorligiga mas’uliyat bilan yondashishi kerak. Bunda New Life Insurance kompaniyasi o‘z benazir xizmatini taklif qiladi, zero kompaniya faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi o‘zini va yaqinlarini himoya qilishni istagan har bir shaxsga yordam ko‘rsatishga qaratilgandir!

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lish uchun «Himoya» hayot sug‘urtasi ehtimol, yagona oqilona yechim bo‘lishi mumkin, chunki ushbu mahsulot kutilmagan hodisa yuz berganida oilaga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha moliyaviy yordamni ta’minlaydi. Ayniqsa, agar siz yaqinlarining moliyaviy farovonligi bog‘liq bo‘lgan inson – oila boquvchisi bo‘lsangiz, barcha kutilmagan holatlarni chamalagan holda oilangizni kelajagi haqida bugundanoq g‘amxo‘rlik qilishingiz kerak bo‘ladi. O‘z yaqinlarining farovonligiga ishonch hosil qilishni istagan barcha insonlar mazkur holatga o‘zini sug‘urta qilishi barcha uchun eng maqbul yechim bo‘la oladi. Hayot sug‘urtasining klassik dasturlarida pandemiya yoki turli xil kasalliklarning epidemik tarqalishi ko‘rinishidagi istisnolar mavjud emas.

Bu esa, agar inson «Himoya» hayot sug‘urtasi polisiga ega bo‘lsa, sug‘urta qilingan shaxs hatto COVID-19 virusi bilan kasallanishi sababli vafot etgan taqdirda ham uning yaqinlari New Life Insurance kompaniyasidan moliyaviy ko‘mak olishini va hayotning og‘ir qiyinchilik davrida o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligini anglatadi. Bugungi kunda o‘z hayotingizni sug‘urta qilish barcha uchun ochiq bo‘lib, ortiqcha harakatlarni talab qilmaydi.

Sug‘urta kompaniyasiga 1166 raqami orqali qo‘ng‘iroq qilishning o‘zi yetarli, kompaniya xodimi sizni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha maslahat beradi. Hayot sug‘urtasi polisini daromad miqdori va faoliyat turidan qat’i nazar o‘z kelajagiga ongli ravishda yondashib xohish bildirgan har qanday shaxs xarid qilishi mumkin. New Life Insurance har bir insonni jamiyat va tug‘ishganlari hamda yaqinlari oldida o‘z fuqarolik mas’uliyati haqida tafakkur qilishga, nafaqat karantin bo‘yicha xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda, balki kutilmagan holatlar yuz berganida moliyaviy xavfsizlik zaxirasini yaratgan holda eng yuqori darajada himoya qilishga chaqiradi.

Biz fuqarolarimizni himoya qilishga qaratilgan ezgu vazifamizni davom ettiramiz va karantini bo‘yicha vaqtincha cheklovlar kiritilganiga qaramay, faoliyatimiz dam olish kunlarisiz sutkada 24 soat onlayn rejimida yo‘lga qo‘yilganligini hamda ochiqligimizni ma’lum qilamiz. Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazining 1166 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda yoki info@nli.uz elektron manziliga xabar yo‘llagan holda mijozlarimiz «Himoya» hayot sug‘urtasi dasturi bo‘yicha har qanday savollarni berishi mumkin hamda ularga sifatli servis xizmatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek siz Facebook yoki Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan muloqot o‘rnatishingiz mumkin. Bir o‘ylab ko‘ring-a, baxt va xotirjamlik biz har kuni sarflaydigan barcha xarajatlardan ancha muhimroq va qimmatlidir. «Himoya» polisini xarid qiling. Shunda siz va yaqinlaringiz tasodifiy hodisadan moliyaviy jihatdan himoyalangan bo‘lasiz!

Sana: 06.08.2021