Sayohatchilarni sug‘urta qilish

Sayohatchilarni sug‘urta qilish – bu Sizning xotirjamligingiz kafolati va boshqa mamlakatda har qanday tasodifiy vaziyatga shaylik
Mahsulot shartlariSug‘urta mukofoti tanlangan dastur, Mijozning yoshi va sug‘urta davridan kelib chiqqan holda hisoblanadi hamda Mijoz tomonidan bir yo‘la to‘lanadi. Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, mijoz assistans xizmatiga murojaat qiladi yoxud sug‘urta to‘lovi mijoz uyga qaytganidan keyin eng qisqa muddat ichida to‘lab beriladi.
Siz sug‘urta dasturini, sug‘urta polisining amal qilish muddatini, mo‘ljal qilingan marshrutni tanlaysiz, Kompaniya bilan sug‘urta polisini tuzasiz.
Tuzilgan sug‘urta polisiga muvofiq sug‘urta badalini to‘laysiz.
Sug‘urta shartnomasi amal qilishining jami davri mobaynida Sizning hayotingiz sayohatchilarning hayotini sug‘urta qilishning tanlangan dasturiga ko‘ra sug‘urta qilingan bo‘ladi.
Siz o‘z sug‘urta kompaniyaningiz telefon raqamini internetda topishingiz, uni gid yoki hamrohlardan so‘rashingiz mumkin. Telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib siz o‘z familiyangizni xabar qilishingiz va vaziyatni tushuntirishingiz kerak. Assistans xizmati 100% ehtimol bilan Sizga yordam beradi.
Polisda ko‘rsatilgan telefon raqamini terish, polis raqami, Familiyangiz va sug‘urta davrini aytish zarur.