Sug'urta dasturi

Nikohga kirishga qadar hayotni sug‘urta qilish

Nikohga kirishga qadar hayotni sug‘urta qilish

Nikohga kirishga qadar hayotni sug‘urta qilish

Dastur haqida

Nikohga kirishga qadar hayotni sug‘urta qilish

Mazkur dasturning maqsadi nikohga kirishga qadar jamg‘arma yaratish va farzand nikohga kirganda maxsus jamg‘arma mablag‘lar yoki farzand xarajatlarini qoplashga kafolatlar mavjud ekanligiga ota-onada ishonch hosil qilish.

Mahsulot shartlari

Sug‘urta mukofoti Sug‘urta qildiruvchi/Sug‘urta qilingan shaxs tomonidan Mijozning istagiga ko‘ra bir yo‘la, har yili, yarim yilda bir marta, har chorakda yoki har oyda to‘lanishi mumkin. Nikohga kirganda Mijozga barcha jamg‘arilgan mablag‘lar foizlar ko‘rinishidagi bonuslar bilan birga ana shu tarzda qaytariladi. Sug‘urta qildiruvchi/Sug‘urta qilingan shaxs sug‘urta davri ichida vafot etgan taqdirda, Sug‘urta kompaniyasi to‘langan sug‘urta mukofotining 100% summasini merosxo‘rlar yoki naf oluvchilarga to‘lab beradi.

Nikohga kirishga qadar hayotni sug‘urta qilish New Life sug'urta kompaniyasi

Bu qanday ishlaydi?

1

Siz jamg‘arishni xohlaydigan summani, nikohga kirishga qadar hayotni sug‘urta qilish polisini amal qilishi muddatini, qoplanadigan tavakkalchiliklarni, badallar miqdori va davriyligini belgilab berasiz.

2

Tuzilgan shartnomaga muvofiq muntazam badallarni to‘laysiz. Shartnoma amal qilishining jami davri mobaynida Sug‘urta qildiruvchi va Sug‘urta qilingan shaxsning hayoti nikohga kirishga qadar hayotni sug‘urta qilishning tanlangan dasturiga ko‘ra sug‘urta qilingan bo‘ladi.

3

Nikohga kirishga qadar hayotni sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi muddati tugaganidan keyin, Siz o‘zingiz tomonidan barcha o‘tkazilgan summani plyus Kompaniyadan bonus olasiz.

Polisning afzalliklari

Moliyaviy afzalliklar
  • Nikohga kirish sanasiga Siz uchun zarur summa mavjud bo‘lishiga kafolat
  • Badallar indeksasiya qilinishi tufayli jamg‘arishga qo‘yilgan mablag‘larni inflyasiyadan himoya qilinishi
Soliq imtiyozlari
  • Daromad solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilinishi
  • Yillik daromadni oshishi
O‘lim holatiga sug‘urta himoyasi
  • To‘langan sug‘urta mukofoti summasining 100% miqdorida merosxo‘rlar yoki naf oluvchilarga tovon to‘lash
  • Oila va yaqinlaringizga moliyaviy ko‘mak

Savollarga javoblar

Sug‘urta qilingan shaxs yoshiga doir cheklovlar yo‘q.

Kompaniya tomonidan imtiyozli davr (bir yilda 2 marta) taqdim etiladi, agar mazkur davr paytida to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, u holda Kompaniya sug‘urta shartnomasini bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.