Xodimlarni hayotini sug’urta qilishning jamg‘arma turi

Xodimlar hayotini sug‘urta qilishning jamg‘arma turi – pul mablag‘larini jamg‘arish uchun eng yaxshi moliyaviy instrument. Soliq imtiyozlari mazkur sug‘urta mahsulotiga boshqa moliyaviy instrumentlarga nisbatan sezilarli afzallikni, jumladan bank depozitlarini beradi. Bankka qo‘yilgan mablag‘lardan farqli ravishda mazkur dastur nafaqat qo‘yilgan mablag‘larni ko‘paytirishni, balki Mijoz hayotiga sug‘urta himoyasini ham taqdim etadi.
Mahsulot shartlariMazkur mahsulot shartlariga ko‘ra, Mijoz kelishilgan summani har oyda (mijozning to‘lov qobiliyatiga bog‘liq holda: yillik, yarim yillik to‘lovlar bilan) to‘laydi. Ana shunday qilib, jamg‘arilgan mablag‘lar Mijozga foizlar ko‘rinishida bonuslar bilan qaytadi. Mijoz sug‘urta davrida vafot etgan taqdirda, Sug‘urta kompaniyasi yillik sug‘urta mukofotini sug‘urta qilingan shaxsning merosxo‘rlariga yoki naf oluvchilariga jami sug‘urta davri uchun to‘lab beradi.
Siz jamg‘armaning xohlagan summasini, hayot sug‘urtasining jamg‘arma turi polisining amal qilishi muddatini, qoplanadigan tavakkalchiliklarni, badallarning maqbul miqdori va davriyligini belgilab berasiz.
Tuzilgan shartnomaga muvofiq badallarni muntazam amalga oshirib borasiz. Shartnoma amal qilishining jami davri davomida Sizning hayotingiz hayot sug‘urtasining jamg‘arma turi bo‘yicha tanlangan dasturga ko‘ra sug‘urta qilingan bo‘ladi.
Hayot sug‘urtasining jamg‘arma turi bo‘yicha tanlangan dastur amal qilishi muddati yakunlangach, Siz tomondan o‘tkazilgan jami mablag‘lar summasi plyus Kompaniyadan bonus Sizga taqdim etiladi.
Bu tavakkalchiliklar va sug‘urta qoplamasining miqdoriga bog‘liq. Hayot sug‘urtasining jamg‘arma turi polisini rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish zaruratini Siz sug‘urta kompaniyasining xodimidan aniqlashtirib olishingiz mumkin.
Bu tavakkalchiliklar va sug‘urta qoplamasining miqdoriga bog‘liq. Hayot sug‘urtasining jamg‘arma turi polisini rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish zaruratini Siz sug‘urta kompaniyasining xodimidan aniqlashtirib olishingiz mumkin.